Ilmiy jurnallar

"Ilm sarchashmalari" jurnali

Jurnal 2001-yildan nashr qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2020-yil 11-noyabrda ro‘yxatga olingan (GUVOHNOMА №1131, ISSN 2010-6246).

“Ilm Sarchashmalari” ilmiy-nazariy, metodik jurnali respublika miqyosidagi jurnal hisoblanib, O‘zbekiston va yaqin xorijlik olimlardan mualliflik jamoasiga ega. Ilmiy jurnalning asosiy maqsadlaridan biri ilm-fanning turli sohalaridagi ustuvor yo‘nalishlarga ega yirik ilmiy tadqiqot ishlarining natijalarini nashr qilish va omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi. FILOLOGIYA, FALSAFA, FIZIKA-MATEMATIKA va PEDAGOGIKA mutaxassisliklari bo‘yicha OAK ro‘yxatiga kiritilgan

Chop qilinadigan tillar:

O'zbek, Rus, Ingliz

Maqsadi va vazifalari:

Ilmiy xodimlarni, mutaxassislarni, olimlarni shuningdek, magistrlarni va doktorantlarni ilm-fanning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, ularning natijalari, hozirgi zamon ilm-fan yutuqlari hamda ilmiy yangiliklar bilan tanishtirish hamda omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.

Mutaxassislik:

Jurnal fan tarmog‘iga ega va unda ilm-fanning barcha sohalari bo‘yicha aniq ilmiy asosga ega bo‘lgan ilmiy maqolalar chop qilinadi.

Moliyalashtirish manbasi :

Respublika miqyosida obuna bo‘lish hamda mualliflar maqolalarini nashr qilish badallari hisobiga.

Bosh muharrir:

Ro‘zimboy Yo‘ldoshev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Bog'lanish ma'lumotlari
Manzil:
220110. Urganch shahri, H.Olimjon ko'chasi, 14-uy.
Telefon:
(+998-62) 224-66-01

"Zamonaviy fan ta'lim va tarbiyaning doljarb muammolari" jurnali

Jurnal 2017-yildan nashr qilinmoqda. ISSN 2181-9750. “Zamonaviy fan ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammolari” elektron jurnali respublika miqyosidagi jurnal hisoblanib, O‘zbekiston va yaqin xorijlik olimlardan mualliflik jamoasiga ega. Ilmiy jurnalning asosiy maqsadlaridan biri ilm-fanning turli sohalaridagi ustuvor yo‘nalishlarga ega yirik ilmiy tadqiqot ishlarining natijalarini nashr qilish va omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.

Jurnal bo'limlari

  • Matematika, fizika va mexanikaning dolzarb muammolari
  • Zamonaviy texnika fanlarining dolzarb muammolari
  • Tabiiy fanlarning dolzarb muammolari
  • Tarix, falsafa va sotsiologiyaning dolzarb muammolari
  • Zamonaviy turizm va iqtisodiyotning dolzarb muammolari
  • Filologiya va tilshunoslikning zamonaviy muammolari
  • Zamonaviy pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolari
  • Zamonaviy qishloq xo'jaligining dolzarb muammolari
  • Zamonaviy san'at va arxitekturaning dolzarb muammolari

Chop qilinadigan tillar:

O'zbek, Rus, Ingliz

Maqsadi va vazifalari:

Ilmiy xodimlarni, mutaxassislarni, olimlarni shuningdek, magistrlarni va doktorantlarni ilm-fanning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, ularning natijalari, hozirgi zamon ilm-fan yutuqlari hamda ilmiy yangiliklar bilan tanishtirish hamda omma e’tiboriga yetkazish hisoblanadi.

Mutaxassislik:

Jurnal fan tarmog‘iga ega va unda ilm-fanning barcha sohalari bo‘yicha aniq ilmiy asosga ega bo‘lgan ilmiy maqolalar chop qilinadi.

Moliyalashtirish manbasi :

Respublika miqyosida obuna bo‘lish hamda mualliflar maqolalarini nashr qilish badallari hisobiga.

Bosh muharrir:

ABDULLAEV BAXROM ISMAILOVICH, Fizika-matematika fanlari doktori, professor

Bog'lanish ma'lumotlari
Manzil:
220110. Urganch shahri, H.Olimjon ko'chasi, 14-uy.