Fizika matematika fakulteti haqida
Fizika-matematika fakulteti dastlab 1935-1936 o‘quv yilida Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash institutining bo‘limi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 1992 yilda Xorazm davlat pedagogika instituti Urganch davlat universitetiga aylantirilishi munosabati bilan fizika-matematika fakulteti tarkibiy tuzilishida o‘zgarishlar ro‘y berdi: avvalo fakultet kafedralari markaziy shaharlardan taklif qilingan yetuk mutaxassis kadrlar bilan boyitildi. Fakultetda yangi ilmiy pedagogik yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi “Funksiyalar nazariyasi”, “Informatika va HT”, “Fizika” kafedralari, “Algebra va geometriya” kafedrasi asosida yangi “Amaliy matematika” kafedrasi faoliyat ko‘rsata boshladi. 1994-1996 yillarda fakultetga f.-m.f.d. A.B.Hasanov, 1996-1999 yillarda f.-m.f.n, dotsent O.I.Asqarov, 1999-2009 yillarda f.-m.f.d., professor A.B. Hasanov, 2009-2015 yillarda f.-m.f.n., dotsent B.I.Abdullayevlar rahbarlik qilib, fakultetda o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy va ilmiy metodik ishlarning yuqori saviyada tashkil etilishiga, professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini oshishiga katta hissa qo‘shdilar.
2015 yildan boshlab fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida f.-m.f.n., dotsent J. Xujamov ishlab kelmoqda.
Fakultetda o‘quv jarayoni
Hozirda fizika-matematika fakultetida 5 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda va ularda prоfessor-o‘qituvchilar soni jami 164 nafarni tashkil qilib, shundan 77 nafari asosiy shtatda (ulardan 5 nafari fan doktorlari, 23 nafari fan nomzodlari va PhD), 46 nafari ichki o‘rindoshlik asosida (ulardan 6 nafari fan nomzodlari va PhD) va 52 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida (ulardan 23 nafari fan doktorlari, 21 nafari fan nomzodlari va PhD) faoliyat olib boradi.
Fakultetda 9 ta bakalavr yo‘nalishi va 8 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda:
"Matematik tahlil" kafedrasida
60540100 - Matematika
5130100 – Matematika ta’lim yo‘nalishi
5А130101-Matematika (Matematik analiz) mutaxassisligi
70540101-Matematika (Yo'nalishlar bo'yicha)
"Amaliy matematika va matematik fizika" kafedrasida
5130200 - Amaliy matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi
5А130103-Differensial tenglamalar va matematik fizika mutaxassisligi
"Kompyuter ilmlari" kafedrasida
5111118 - Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari) ta’lim yo‘nalishi
5330100 - Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti ta’lim yo‘nalishi
5А120106 - Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi
"Fizika" kafedrasida
5140200 – Fizika ta’lim yo‘nalishi
5A140202-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
5A140208- Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi
5A140205- Yarimo‘tkazgichlar fizikasi
"Matematik injiniring" kafedrasida
5130200 – Matematik injiniring
5140300 – Mexanika va matematik modellashtirish
5А130104-Matematik injiniring mutaxassisligi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari
Fakultet professor-o' qituvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan fundamental tadqiqotlar loyihalari
Xorijiy grantlar bo‘yicha bajarilgan ishlar
Bugungi kunga qadar fakultetda xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro ilmiy va amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fakultet professor-o‘qituvchilari turli loyihalarda qatnashmoqdalar. Jumladan, “Matematik tahlil” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan B.Abdullaev, A.Atamuratov va M.Vaisovalar Rossiya-O‘zbekiston hamkorligidagi MRU-OT-9/2017 “Многомерный комплексный анализ” grant loyihasida ishlab kelmoqdalar.
“Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 2015-2018 yillarga mo‘ljallangan Erasmus + dasturi asosida “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master program” nomli loyiha 3 yillik muddatga yutib olingan edi. Bu loyiha bu yil muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyihada asosan fakultetda matematik injineringi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura kursi tashkil qilinishi mo‘ljallangan edi. Bu loyihada Evropa Ittifoqining bir qator (Ispaniya, Italiya, Sloveniya) davlatlari ilmiy izlanish markazlari hamkorlik qilishdi. Loyihaning umumiy hajmi 636 496 evroni tashkil qiladi. Loyiha asosida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 5A130104-Matematik injeniring magistratura mutaxassisligiga qabul o‘tkazilmoqda. Magistraturada o‘qitiladigan fanlarning ma’lum qismi ingliz tilida ta’lim berilmoqda.
“Axborot texnologiyalari” va “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedralari o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Samarqand Davlat chet tillari universitetlari bilan hamkorlikda 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan ERASMUS+ dasturi asosida “СLASS - Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP raqamli loyiha yutib olindi. Ushbu loyihadan maqsad Respublikamizda shu yo‘nalishdagi xorijiy yetakchi universitetlar bilan hamkorlikda ularning tajribalarini o‘rganish, kompyuter lingvistikasi bo‘yicha o‘quv rejalarini, fan dasturlarini ishlab chiqish, zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash, moddiy texnik bazani shakllantirish va yetuk mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Loyihaning umumiy byudjeti 761 450 evroni tashkil qiladi. Loyiha asosida 2019-2020 o‘quv yili uchun Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul o‘tkazildi.
“Fizika” kafedrasida ERASMUS+ dasturining RENES loyihasi (2016-2019 yillar) asosida 5А140208 – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi mutaxassisligi tashkil qilindi va o‘quv xonalari eng zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan jihozlandi.
“Fizika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan "MIR SOLAR" MCHJ va Urganch davlat universiteti o'rtasida qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida kadrlar tayyorlash bo'yicha hamkorlik to'g'risida (О сотрудничестве по подготовке кадров в области возобновляемых источников энергии между ООО «MIR SOLAR» и Ургенчским государственным университетом) 2020 yil 22 iyundan to 2025 yil 21 iyungacha amal qiladigan shartnoma imzolandi.
Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi «Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4708-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda 2021-yil 25-oktabr kuni Urganch davlat universitetida Xalqaro nazariy va amaliy matematika markazi (CIMPA - Centre International de Mathématiques Pures et Appliquées) va Xalqaro matematiklar uyushmasi (CDC- Commission for Developing Countries, IMU-International Mathematical Union), Xorazm Ma’mun Akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda “Kompleks analiz, geometriya va dinamika” mavzusidagi xalqaro maktab (CIMPA school) aralash shaklda (online hamda oflayn) o‘tkazildi. Xalqaro maktada akademik A.Sa’dullayev, prof. Judith Brinkschulte, prof. Eleonora Di Nezzalarning ma’ruzalari eshitildi. Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi Mamadsho Ilolov universitetimizga tashrif buyurib, dars mashg`ulotlarida ishtirok etdi.
Xalqaro konferensiyalar tashkil qilish
Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi
2018 yilda 3 nafar, 2019 yilda 2 nafar fakultet o‘qituvchisi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi Polvonov Bozorboy 2018 yil 17 fevralda, 30 martda “Matematik tahlil” kafedrasi o‘qituvchisi Ibragimov Zafar Shavkatovich 01.01.01 -matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha, 14 iyunda “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi o‘qituvchisi Matyaqubov Muxammad falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2019 yil 28 iyunda “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi mudiri B.Babajanov va “Fizika” kafedrasi dotsenti A.Atamuratov fan doktori (DcS) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
2019 yil 16 dekabrda Sharipov Rasulbek Axmedovich 01.01.01-Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha "m-subgarmonik funksiyalarning maxsuslik to‘plamlari" mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2019 yil 16 dekabrda Xasanov Muzaffar Masharipovichning 01.01.02.- Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosliklari bo‘yicha “Moslangan manbali yuklangan nochizikli Shredinger va modifisirlangan Korteveg-de Friz tenglamalarini davriy funksiyalar sinfida integrallash” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2020 yil 15 iyunda Babajonova Aygul Kamildjanovnaning 01.01.02.- Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosliklari bo‘yicha “Moslangan manbali davriy Ablovis Ladik sistemasini integrallash” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2020 yil 23 oktabrda Matyaqubov Hikmatning 01.04.02 – Nazariy fizika ixtisosliklari bo‘yicha “Fotovoltaik polimerlar va gibrid quyosh elementlarida zaryad tashilishi va bo‘linishining soliton mexanizmi” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2020-yil 22 -iyulda Yusupov Baxtiyor Baxrombek o‘g‘lining 01.01.06 –“Algebra” ixtisosligi bo‘yicha “Leybnis algebralarining lokal va 2-lokal differensiallashlari” (“Local and 2-local derivations on Leibniz algebras”) mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2020-yil 28-dekabrda MattievJamolbek "Klass umumlashgan qoidalarni klasterlash orqali ma'noli va aniq model yaratish" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini Sloveniya davlati Primorska Universitetida Assit. prof Branko Kavšek rahbarligida muvafaqqiyatli himoya qildi va Kompyuter fanlari bo'yicha PhD darajasini oldi.
2021 yil Asatova Umida Palvanovna hamda Abdikarimov Azamat Egamberganovichlar 01.04.10 – Yarimo'tkazgichlar fizikasi ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2021 yil Karimov Muxtorjon Karimberganovich 01.04.04 – Fizik elektronika ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash
2018-2019 o‘quv yilda 20 nafar talaba Urganch davlat universitetining iqtidorli talabasi maqomiga ega bo‘lishdi, shulardan 2 nafari Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori. 2018-2019 o‘quv yilida “amaliy matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ismoilov Muxiddin, 2019-2020 o‘quv yilida “fizika” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Otaboyeva Kamola Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi, 2020-2021 o‘quv yilida “Fizika” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Otaboyev Mexroj Uchqun o‘g‘li Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi.
“Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi talabasi Fayzullaev Bexzod 2019 yilgi respublika matematika fan olimpiadasida 3-o‘rin g‘olibi, 2018 yilgi birinchi Al-Xorazmiy xalqaro matematika fan olimpiadasida bronza medali sohibi, 2018 yilgi xalqaro Sibir matematika olimpiadasida kumush medal sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari “Matematika” ta’lim yo‘nalishi talabalari Tojiboeva Husniya, Iskandarov Sanjar, Allaberganov Olimboylar ham mazkur olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Xalqaro Sibir matematika olimpiadasida jamoaviy hisobda bronza medaliga sazovor bo‘ldilar.
3 nafar iqtidorli talaba 2018 yil 1-2 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrining Kazakh-British Technical Universityda o‘tkazilgan ACM ICPC dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiadasining Shimoliy-Evroosiyo hududiy yarim final bosqichida qatnashib, faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
“Fizika” ta’lim yo‘nalishi talabasi Yaxshimurodov Bahodir 2019 yil o‘tkazilgan astronomiya va astrofizika fanidan o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida 2-o‘rinni egalladi, Bekberganov Alisher fizika fanidan o‘tkazilgan respublika fan olimpiadasida 3- o‘rinni egalladi.
“Fizika” ta’lim yo‘nalishi talabalari 2020 yil O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika onlayn fan olimpiadasida “Fizika va astronomiya asoslari” fanidan Urganch davlat universiteti 4 bosqich talabasi Rajabov Otamurod (1-O‘rin), Fizika yo‘nalishi 3 bosqich talabasi Matyoqubov Sarvarbek (2-O‘rin), Masharipov Shaxzod (3-O‘rin) faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Amaliy matematika va informatika ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Fayzullaev Bexzod O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qaroriga muvofiq ta'sis etilgan Matematika ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiya sovrindori bo‘ldi.
2021 yil 5-8 may kunlari Turkmaniston Respublikasi Ashgabat shaxrida Turkmaniston Ta’lim Vazirligi Gumanitar fanlar va rivojlanish xalqaro universiteti (IUHD) tomonidan o‘tkazilgan Universitetlar talabalari uchun ochiq Matematika olimpiadasida Fizika-matematika fakultetidan 5 nafar talaba qatnashib 2 nafari I-darajali diplom, 1 nafari II-darajali diplom va 2 nafari III-darajali diplom sohibi bo‘ldilar.
|
Talaba ism familiyasi |
Ta’lim yo‘nalishi va guruhi |
Olgan diplom darajasi |
1 |
Fayzullaev Bekzod |
Amaliy matematika va informatika, 171-guruh |
I-darajali diplom |
2 |
Yuldashev Bekzod |
Matematika, 181-guruh |
I-darajali diplom |
3 |
Karimov Hikmatjon |
Matematika, 192-guruh |
II-darajali diplom |
4 |
Amanbayev Norbek |
Matematika, 193-guruh |
III-darajali diplom |
5 |
Ismoilov Islombek |
Matematika, 193-guruh |
III-darajali diplom |
2021 yilning 2-7 avgust kunlari universitetlar talabalari o‘rtasidagi Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC - International Mathematical Competition) ga O‘zbekistonlik 17 nafar talaba terma jamoa sifatida qanashdi. Olimpiada natijalariga ko‘ra, Urganch davlat universiteti matematika ta’lim yo‘nalishi 193-guruh talabasi Islombek Ismoilov oltin medal sohibi bo‘ldi.
Copyright © 2024 All Rights Reserved by UrDU