cap O'zbek tilshunosligi

Kafedra haqida

60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) va 60230700 - Amaliy filologiya bakalavriat ta’lim

yo‘nalishlari - ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasining yo‘nalishi bo‘lib, O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’limining davlat muassasalarida kompleks masalalarni yechishni qamrab oladi. Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:

- o‘zbek tilida yaratilgan badiiy matnlar; fikr ifodalashda potensial ma’no yasovchi vositalar; nutqning yaratilish jarayoni; muloqot birliklari; badiiy-estetik kommunikatsiya; matn tahlili, tushunish va idrok etish, ta’lim jarayoni me’yoriy hujjatlari, pedagogik texnologiyalar, ta’limning texnikaviy vositalarini o‘rganish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrning kasbiy faoliyat ob’ektlarida qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bo‘lishi mumkin.

60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) va 60230700 - Amaliy filologiya bakalavriat ta’lim

yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy faoliyat turlari:

• ilmiy-tadqiqot;

• ma’naviy-ma’rifiy faoliyat;

• pedagogik faoliyat (umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’limi tizimida);

• tashkiliy-boshqaruv faoliyat va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavr kasbiy faoliyat turlarida qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bo‘lishi mumkin.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan bakalavr kasbiy faoliyatining muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasi tomonidan aniqlanadi

 

60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) va 60230700 - Amaliy filologiya bakalavriat ta’lim

yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr quyidagi:

5A120101 - Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti);

5A120102 - Lingvistika (o‘zbek tili);

5A120103 - Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha);

5A120104 - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik;

5A120108- Folklorshunoslik va dialektologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura, shuningdek, o‘rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishi mumkin.

90%

post-graduation success rate

Top 10

Colleges that Create Futures

No. 1

in the nation for materials R&D

Kafedra e'lonlari

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yangiliklari