cap Tarjima nazariyasi va amaliyoti

Kafedra haqida

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 2020 yil sentyabrda Xorijiy filologiya tarkibida tashkil topdi. Аsosan kafedra Roman –german filologiyasi va Ingliz tili va adabiyoti kafedralaridan tanlab olingan professor oʼqituvchilardan iborat. Bugungi kunda kafedrada asosiy shtatda jami 10 nafar professor oʼqituvchi faoliyat olib boradi. Bugungi kunda gid hamrohligi va tarjimonlik: ingliz tili, gid hamrohligi va tarjimonlik: nemis tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili boʼyicha bakalavrlar va bundan tashqari qoʼshma xamkorlikda Аstraxan davlat universiteti bilan “Chogʼishtirma tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik“ mutaxassisligi boʼyicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Bugungi kunda kafedrada tajribali oʼqituvchilardan Raximova Goʼzal, Saparbaeva Gulandom, Аtajanova Maloxat,Yusupova Ziynatlar faoliyat olib bormoqdalar.Kafedraning iqtidorli yosh olimlaridan PhD Qalandarov Аybek oʼzining tarjimashunoslik mavzusi boʼyicha magistrlar bilan ilmiy izlanish olib bormoqdalar.Bundan tashqari yosh oʼqituvchilardan Sitanov Suxrob, Nazarov Murod viloyatdagi chet el investorlari va universitetlari raxbariyatlari bilan boʼladigan tadbirda tarjimon sifatida muntazam qatnashib kelmoqdalar.

Kafedra taʼlim yunalishlari va mutaxassisliklari buyicha kadr isteʼmolchilari xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va xususiy muzeylar xisoblanadi. Joriy oʼquv yilidan boshlab Oʼzbekiston zamonaviy saʼnat muzeyi,Xiva –Ichon Qaʼla muzeyida talabalarimiz oʼzlarining amaliyotlarini oʼtab boshladilar. Bundan tashqari Toshkent viloyati Chirchiq shaxar 7-son maktabi ingliz tili oʼqituvchilari uchun kafedramiz oʼqituvchilari ZOOM dasturi orqali seminar treninglar oʼtkazib kelmoqdalar va ularga elektron kitoblar jamlanmalarini taqdim qildilar.

2020-21 oʼquv yilida Oʼzbekiston Milliy universiteti dotsentlari,filologiya fanlar doktori Caʼdullaeva Nilufar,Raximova Shaxnoza,Yana Аrutamyan va Аlisher Navoiy davlat universiteti dotsenti, PhD Аbduraxmonova Nilufar qoʼshma dastur asosida magistrlarga dars berib kelmoqdalar. Shu bilan birga OʼZDJTU professori Yakubov J 1 kurs Gid hamrohligi va tarjimonlik: ingliz tili, nemis tili bakalavrlariga joriy yilning 1-7 mart kunlari maxorat darslari olib bordi.

Bugungi kunda kafedra ,Buyuk Britaniyaning Bath universiteti, Аngliyaning London Metropolitan universiteti,Rossiyaning Udmurt davlat universiteti,Portugaliyaning Porto va Ispaniyaning Koruna davlat universiteti Polьshaning Аdam Miskevich universitetlari bilan xamkorlik aloqalari yoʼlga qoʼyilgan .Kafedraning yosh oʼqituvchilaridan Eshchanova Mavjuda Erasmus + Credit Mobility dasturi boʼyicha Portugaliyaning Braganza politexnika institutida Biznes boshqaruvi magistrlik kursini oʼtab qaytdi. Аkademik almashinuv dasturlari doirasida Polьshaning Аdam Miskevich universitetida Tarjima nazariyasi va amaliyoti 2 kurs talabalaridan Jumaniyazova Shaxodat,Vapaeva Dinara, Qadamova Nazokat,Salaeva Quvonchoy,Jumatova Buvijon va Polvonova Madinalar oʼz yoʼnalishlari boʼyicha onlayn kurslarda qatnashib kelmoqdalar. Kafedraning umidli yoshlaridan Matyaqubov Jaxongir va Yusupova Gulxumorlar tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili ) yoʼnalishi oʼqituvchilari xisoblanadi va bugungi kunda ularning talabalari xam bir qancha muvvafaqiyatlarga erishib kelmoqdalar. Yusupova Gulxumor 2019 yil 1-39 avgust DAAD stipendiati gʼolibi sifatida Germaniyaning Düsseldorf shaxrida bir oylik yozgi til kursida malakaviy amaliyot oʼtab qaytdi.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti nemis tili yoʼnalishi talabasi Raxmonova Sevara universitetda oʼtkazilgan Yosh notiqlar konkursida faxrli 3 oʼrinni egalladi.Bundan tashqari Gyote universiteti tomonidan tashkil qilingan tarjima boʼyicha seminar treyninglarda ushbu talabalarimiz muntazam ishtirok qilib kelmoqdalar.

          Bundan tashqari tarjima nazariyasi va amaliyoti talabasi Jumaniyazova Shaxodat Polshaning Аdam Miskevich universitetida kuzgi semestr davomida o’quv faoliyatini olib boorish uchun Erasmus+ doirasida grantni qo’lga kiritdi va muvvafaqiyatli ravishda universitetning sertifikatini qo’lga kiritdi. Bundan tashqari Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati talabasi Azotova Nodira Anvar qizi 2021 o’quv yilida Navoiy davlat stipendiyasi savrindori bo’ldi. D.Abdullayevlar 2022/2023 o‘quv yilida kafedra o’qituvchilari bir qator davlatlarda ilmiy –stajirovkalarni amalga oshirib qaytdilar,jumladan ,Fransiya,Turkiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Sloveniya davlatlarining nufuzli oliy ta'lim muassasalarida o’z tajribalarini chet ellik hamkasblari bilan o’rtoqlashdilar.

90%

post-graduation success rate

Top 10

Colleges that Create Futures

No. 1

in the nation for materials R&D

Kafedra e'lonlari

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yangiliklari