cap Rus tili va adabiyoti

Kafedra haqida

Rus tili va adabiyoti kafedrasi 

Rus tili va adabiyoti kafedrasi 1938 yilda Xorazm o'qituvchilar instituti qoshida tashkil topgan, 1944 yilda esa o'quv dargoxi Davlat pedagogika va o'qituvchilar birlashtirilgan institutiga aylantirilgan.  60 chi yillarda XDPI qoshida tarix va filologiya fakulteti tashkil topdi, so'ngroq u Rus tili va adabiyoti fakulteti, rus filologiyasi fakulteti deb nomlandi. Rus tili va adabiyoti kafedrasi 2015 yildan esa yana filologiya fakulteti tasarrufida.

Bo'limda 600 dan ziyod talaba tahsil olmoqda, ular rus va o'zbek maktablari bitiruvchilari. Kafedraga  Ruzmetov  Surojbek  Allaberganovich  mudirlik qilmoqda.

Mazkur o'quv yilida kafedrada 36 ta professor-o'qituvchi faoliyat olib bormoqda (shulardan 33 - asosiy shtatda). Shulardan;

Fan doktorlari-1, Professorlar - 1, Fan nomzodlari-11, Dotsentlar - 9, Katta o'qituvchilar - 6, Assistentlar - 9 nafar. Ohirgi uch yilda kafedraning barcha professor-o'qituvchilari malaka oshirish kurslarida ishtirok qilishdi.

Hozirda  kafedrada 4 nafar professor –o`qituvchi ilmiy faoliyatida ilmiy ish olib bormoqda. Asosan,” qiyosiy  adabiyotshunoslik, chog`ishtirma  tilshunoslik  va tarjimashunoslik” yo`nalishida. So'ngi yillarda kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan yuzdan ortiq ilmiy maqolalar (ulardan o'ndan ortig'i - nufuzli chet el jurnallarida), uchta monografiya bitta o`qituvchilari maqolalari  to`plami  va 12 ilmiy-uslubiy maqolalar  chop qilindi.

Hozirgi kunda kafedra Astraxan davlat universiteti, Smolensk davlat universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti, Udmurtiya davlat universiteti, Omsk  davlat  universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik qilmoqda.

Kafedraning  8 nafar  professor-o`qituvchilari Sank –Peterburg  davlat  universiteti  tashabbusi bilan   tashkil  qilingan  online  malaka  oshirish  kurslarida  faol  ishtirok  etishdi.

3 ta  professor-o`qituvchi malaka  oshirish  kurslarining taqdimot marosimida qatnashish uchun   Sank- Peterburg davlat  universitetiga  taklif  qilindi  va borib  kelishdi.

90%

post-graduation success rate

Top 10

Colleges that Create Futures

No. 1

in the nation for materials R&D

Kafedra e'lonlari

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yangiliklari