Bugungi kunda kafedrada Filologiya va tillarni o’qitish yo'nalishida nemis, fransiz va ingliz tilllari bo'yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Kafedrada 65 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatmoqda. Shulardan 1 nafari professor, 3 nafari dotsent, 5 nafari fan nomzodi, 3 nafari katta o'qituvchi va 53 nafari o’qituvchilardir. Kafedra Germaniya elchixonasi, Fransiya elchixonasi, Gyote instituti, Gerder instituti, Maks Plank instituti, Bonn universiteti, Konrad Adenauer jamg'armasi, Sorbonna universiteti va boshqa nufuzli tashkilotlar bilan ilmiy va amaliy hamkorliklar qilib kelmoqda.
Kafedrada tilshunoslikning dolzarb muammolari, folklorshunoslik, tarjimashunoslik, adabiy aloqalar, qiyosiy adabiyotshunoslik, chet tili o'qitishning zamonaviy muammolariga bag'ishlangan ilmiy yo'nalishlar mavjud bo'lib, professor-o'qituvchilar ana shu yo'nalishlarda ilmiy faoliyat olib borishmoqda. Kafedra professori O.Jumaniyozov 2006 yilda Germaniyaning Brokxaus nashriyotida chop qilingan 30 jildlik entsiklopediyaga hammualliflik qildi. Bundan tashqari kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 6 ta darslik, 10 dan ortiq o'quv va 40 dan ortiq o'quv uslubiy qo'llanmalar chop qilindi.
Kafedra qoshida ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar tashkil qilingandan buyon 1000 ga yaqin bakalavr, 10 ga yaqin magistrlar tayyorlandi.
Kafedra o'qituvchilari Germaniya, Fransiya, Bolgariya, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Malayziya kabi dunyoning yetakchi davlatlarining nufuzli oliygohlarida o'z malakalarini oshirib kelmoqdalar.
Bundan tashqari har yili nemis tili ta’lim yo’nalishi talabalari ham Germaniyaning bir qancha universitetlarida 1 oylik yozgi kurslarida o’qishni qo’lga kiritib kelmoqdalar.
post-graduation success rate
Colleges that Create Futures
in the nation for materials R&D
Copyright © 2024 All Rights Reserved by UrDU