cap Meva-sabzavotchilik

Kafedra haqida

Urganch davlat universiteti Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash“ kafedrasi 2020 yilda tashkil topdi,  Urganch Davlat Universitetining yangi tuzilmasiga asosan  Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash“ kafedrasi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining “Mevachilik va sabzavotchilik” kafedrasi qilib 2022 yil avgust oyida o’zgartirildi  Tashkil etilgan yili kafedra tarkibida 3 ta dotsent, 1 katta o’qituvchi va 4 o’qituvchi, jami 8 ta o’qituvchi faoliyat olib bordi.

Kafedrada 2022-o’quv yilida jami uch ta yo’nalish mavjud bo’lgan bo’lib, bular "5411700 - Issiqxona xo'jaligini tashkil etish va yuritish", "5411000 - Mevachilik va uzumchilik,  "5411600 - Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik"  yo’nalishlaridir. Ushbu o’quv yilida jami 53 ta (shundan, 12 ta erkak, 41 ta ayol) talaba tahsil oldi.

“Mevachilik va Sabzavotchilik” kafedrasi mudiri q.x.f.f.d., S.Sadullayev va Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani q.x.f.n., dots J.Ro’zimov birgalikda 2022-yilning noyabr oyida Rossiya federatsiyasi “Астрахан государственный университет имени В.Н. Татищева”  universitetiga, ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida qo’shma ta’lim hamda ilmiy loyihalar yuzasidan bordilar va yuqoridagi masalalar bo’yicha ishlarini davom qildirmoqdalar.

2023-yil sentabr oyidan kafedra Urganch Davlat Universitetining yangi tuzilmasiga asosan "Bioinjineriya va oziq-ovqat havfsizligi" fakulteti yiriklashib "Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari" fakulteti qilib belgilandi. Shuningdek  ushbu yil yana bitta yangi yo'nalish " 60820100- O'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish" kabi yo'nalish bilan birga jami 4 ta yo'nalishda jami 190 ta (shundan, 46 ta erkak, 144 ta ayol) talaba, hamda sirtqi ta'limda ham bir qancha talabalar tahsil olmoqda.

Bugungi kunda kafedrada jami 10 ta o’qituvchi jumladan 3 nafar dosent, 1 nafar katta o’qituvchi, 6 nafar o’qituvchi va o’qituvchi-stajorlar faoliyat olib bormoqdalar.

Kafedrada talabalar va o’qituvchilar uchun barcha zarur laboratoriya uskunalari va inventarlari mavjud hamda amaliyot o’tash uchun viloyatimizdagi ilmiy-tadqiqot instituti filiallari, fermer xo'jaliklari va oddiy hamda gidropon usulda ekin yetishtiradigan issiqxonalar bilan shartnomalar tuzilgan. Bular jumlasiga  Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi, Agrosanoat majmui tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomli bog'dorchilik uzumchilik va vinochilik  ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi, O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali va shu kabi qator yirik korxonalardir.

Bugungi kunda Sadullayev Sanjar Madiyarovich kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda.

90%

post-graduation success rate

Top 10

Colleges that Create Futures

No. 1

in the nation for materials R&D

Kafedra e'lonlari

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yangiliklari