Chet tillarini o’rganishga bo’lgan e’tiborni butun mamlakat hududida izchil ravishda o’stirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 12 dekabr kuni “ Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875 qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qaror asosida 2013 yil sentyabr oyida Urganch davlat universiteti Chet tillari fakultetida yangi Amaliy ingliz tili kafedrasi tashkil etilib kafedra mudiri etib f.f.n. dotsent Ermetova Jamila Ismailovna ta’yinlangan. Kafedrada jami 18 ta professor o’qituvchi faoliyat ko’rsatishib, ular nofilologik yo’nalishlardagi barcha fakultetlarda dars mashg’ulotlari olib borishgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari doimiy ravishda o’z ustida ishlab, ta’lim sifatini, samaradorligini oshirish maqsadida darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, axborot kommunikasiya vositalaridan foydalanib kelishmoqda. Reja asosida ochiq darslar, diktafon darslar ham o’z vaqtida o’tkazilib kelinmoqda. Professor-o’qituvchilar grafik asosida o’z malakalarini oshirib kelishmoqda.
2015 yil avgust oyida mazkur kafedraga nemis va fransuz tillarining nofilologik yo’nalishlari berkitildi va kafedra nomi Fakultetlararo chet tillari deb o’zgartirildi. Kafedra mudiri dots Radjapova Feruza Abdullaevna. Hozirda kafedrada jami 28 ta professor o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda.
post-graduation success rate
Colleges that Create Futures
in the nation for materials R&D
Copyright © 2024 All Rights Reserved by UrDU