1994 yili Urganch davlat Universitetida «Kimyoviy-texnologiya» fakulteti tashkil qilingan bo’lib, fakultet tarkibida mutaxassis chiqaruvchi asosiy kafedra - «Texnologiya asoslari» nomi bilan tashkil topgan. Kafedrada shu yildan boshlab oziq-ovqat yo’nalishining “Konservalash texnologiyasi” mutaxasisligi bo’yicha kadrlar tayyorlashni boshlangan. 1996 yili kafedra tarkibida «Oziq - ovqat texnologiyasi» mutaxassisligi bo`yicha ham malakali kadrlar tayyorlanib boshlandi. 2019 yil yanvar oyidan “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi tashkil qilingan. Kafedraga k.f.n. dots B.M.Ibadullayev rahbarlik qiladi.
Kafedrada 5321000-oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha) bakalavr, shunigdek 5A321001–oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (yog’larni qayta ishlash texnologiyasi) bo’yicha magistrlar oliy toyifali muhandislar tayyorlanadi. Bugungi kunda kafedrada 22 nafar professor–o’qituvchilar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda hamda yangi pedagogik texnologiyalar asosida talabalarga ta’lim bermoqda. 2022-yil yanvar oyida kafedraga Xalqaro Islom Taraqqiyot bankining grant mablag'lari asosida 4.5 mlrd so'm qiymatga ega zamonaviy laboratoriya jihozlari keltirildi va foydalanishga topshirildi. Shu yili Oliy talim,fan va innovatsiya vazirllgi mablag'lari asosida manashu zamonaviy jihozlarda ishlashni o'rganish uchun malakali yosh kadrlardan iborat fakultet dekani bosh o'qituvchilar guruhi Belorusiyaning Minsk shahridagi Milliy Texnika Universitetda o'zlarining malakalarini oshirib qaytishdi.
Kafedra Italiyaning Padovo universiteti, Portugaliyaning Porto universiteti bilan xalqoro aloqalarni yo’lga qo’ygan. Shunigdek Respublikamiz va viloyatimizdagi yirik oziq-ovqat sanoati korhonalari mutahassislari bilan maxsus dasturlar asosida hamkorlik yo’lga qo’yilgan, Xususan talabalarga fanlardan laboratoriya va amaly mashg’ulotlari, hamda ishlab chiqarish amaliyotlari «Urganch yog’» AJ, «Tillo domor» XK, «Urganch sharob» AJ, «Urganch don» AJ, «Xonqa don» AJ, «UZ standartlashtirish agentligi Xorazm filiali» bazasida mazkur korxonalarning yetakchi mutaxassislarini tashqi o’rindoshlik asosida kafedraga ishga qabul qilish orqali yo’lga qo’yilgan. 2021-yilda bizning Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi va Belorusiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti o'rtasida tashkil etilgan qo'shma ta'lim asosida ilk 7 nafar magistrlarimiz Belorusiya davlatida bo'lishdi va u yerda 1 yil davomida ta'lim olishdi. 2022-yil sentabr oyidan boshlab esa o'sha magistr bitiruvchilarimizning teng yarmi o'zimizning kafedra talabalarga rus tilida tashkil etilgan fanlardan bilim ulashmoqda. Xuddi shu yilning o'zidan etiboran 2022-yil sentabrdan UzTEST Xorazm filiali sifat nazorati markazi agentligining SLM majmuasi boshlig'i o'zimizning Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasida tashqi o'rindoshlik asosida dars berib kelmoqda.
post-graduation success rate
Colleges that Create Futures
in the nation for materials R&D
Copyright © 2024 All Rights Reserved by UrDU