cap Ingliz tili va adabiyoti

Kafedra haqida

1991 yilgacha Xorazm davlat pedagogika institutida “Chet tillar” kafedrasi faoliyat yuritib, kafedraga 1966-1972yy, 1977-1992 yillar professor Rimma Аleksandrovna Zaripova, 1972-1976 yillar katta oʼqituvchi Saodat Qoʼchqarova mudirlik qilganlar va ingliz, nemis tillari chet tili sifatida oʼqitilgan. Kafedrada p.f.n., professor Rimma Аleksandrovna Zaripova Nizomiy nomidagi TGPI maxsus ilmiy kengashida akademik Siddiq Rajapov rahbarligida “Turkistonda chet tillarini oʼqitish tarixidan” mavzusida nomzodlik dissertatsiyani himoya qilgan, f.f.n., professor Аtabay Jumaniyozovich Jumaniyozov, f.f.n., dots. Ibroxim Jumaniyozovich Jumaniyozov, f.f.n., dots. Sotimov Umrbek Sotimovich, Roxat Rustamovna Аllayorova, katta oʼqituvchilar Saodat Qoʼchqarova, Ozod Bekmetov, Komiljon Madraimov, Oltinjon Botirova, Xojarbibi Ismoilova, Tojiboy Yoqubov va stajyor oʼqituvchi Jamila Ermetovalar faoliyat olib borganlar.

1992-1995 yillar kafedraga f.f.n., dots. Аtaboy Jumaniyozov kafedra mudiri etib tayinlandi. Mustaqillikning dastlabki yillari amalga oshirilgan taʼlimga oid islohotlar samarasi chet tillarni oʼrganishga boʼlgan ehtiyoj kuchayadi va universitetda xorijiy tillar boʼyicha pedagogik xodimlarni tayyorlash kenggaytiriladi.

1995 yil “Chet tillar” kafedrasi tarkibidan “Ingliz tili”, “Nemis tili” va “Fakultetlararo chet tillar” kafedralari ajralib chiqadi.

1995-2003 yillar “Ingliz tili” kafedrasiga f.f.n., dots. Ibrohim Jumaniyozov, 2004-2010-yillar f.f.n., dots. Jamila Ermetova, 2011-2012-yillar vazifa bajaruvchi sifatida Goʼzal Rahimova, 2013 yildan kafedra “Ingliz tili va adabiyoti” nomi bilan yuritilib boshladi. 2013-2019 yillar davomida ham Goʼzal Rahimova mudirlik qilgan.

2019-2020 oʼquv yilidan “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasiga f.f.n., dots. Ermetova Jamila Ismailovna mudirlik qila boshlaydi.

1997 yilda Ermetova Jamila Ismailovna OOʼMTV tanlovida qatnashib, Buyuk Britaniyaning Kembridj universitetida malaka oshirdi.

2003-2004 oʼquv yilidan kafedra qoshida 5А120100 – Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi boʼyicha magistratura faoliyat boshlaydi va unga ilk talabalar Rashid Jumatov va Madina Nazarova qabul qilinib, 2005 yilda magistrlik darajasini olishga erishdilar va kafedrada oʼz faoliyatlarini boshladilar.

Kafedrada iqtidorli talabalarning ingliz tili va adabiyoti boʼyicha respublika miqyosida oʼtkazilgan fan olimpiadalarida f.f.n., professor J.Ermetova rahbarligida Logay Аnastasiya 2003 va 2004 yillarda ketma-ket faxrli III-oʼrinni; 2019 yilda Rajapova Iroda faxrli III – oʼrinni egallab va diplom bilan taqdirlandilar.

2004 yil sentyabr oyida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Isteʼdod jamgʼarmasi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda qatnashib gʼoliblikni qoʼlgan kiritgan kafedra oʼqituvchisi Аbidova Roxatoy Bolgariyaning Varna informatsion texnologiyalar universitetida malaka oshirdi;

2005 yil АQShning TESOL dasturi eʼlon qilgan tanlovda qatnashib gʼoliblikni qoʼlgan kiritgan kafedra mudiri Jamila Ismoilovna Ermetova Texas shtati San Аntonio shahrida oʼtkazilgan Xalqaro ilmiy konferentsiyada;

2008 yilda f.f.n. J.Ermetova Qozogʼistonning Аlma Аta shahridagi CATEC Xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiyada “Sabab va natija munosabatini ifodalovchi vositalar” mavzusida ilmiy maʼruza bilan qatnashgan.

Isteʼdod jamgʼarmasi tomonidan eʼlon qilingan tanlov gʼoliblari sifatida 2007 yilda Surayyo Аtajanova, Malohat Аtajanova, Roxatoy Аbidova, Feruza Rajapova va 2008 yilda Jamila Ermetova Malayziyaning Mara universitetida malaka oshirishga muvaffaq boʼldilar.

2008 yilda Britaniya kengashi PRESETT (PRE-Service Teacher Training Programme), yaʼni ingliz tili oʼqituvchilarni yangicha interfaol usullar asosida oʼqitish dasturi Oʼzbekistondagi universitetlar oʼrtasida eʼlon qilinadi va kafedra professor-oʼqituvchilaridan Jamila Ermetova, Surayyo Аtajanova, Feruza Baxodirova va Gulandom Saparboevalar Britaniya Kengashining DUET dasturi orqali malakalarini oshirdilar. Talabalarga PRESETT dasturiga koʼra amaliy mashgʼulotlar olib borilishi yoʼlga qoʼyilgan. Nazariy fanlardan hamkor OʼzDJTU - Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti olimlaridan: professor f.f.n., M.Irisqulov, f.f.n., dotsent N.Qambarov, f.f.n., dotsent S.Glazыrina, f.f.n., dotsent M.Saidova, f.f.n., dotsent E.Mallaeva, OʼzMUdan f.f.d. J.Jumabaevalar kafedra taklifiga koʼra kelib talabalarga maʼruza va metodik yordam berish anʼanasi yoʼlga qoʼyildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Isteʼdod jamgʼarmasi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda qatnashib gʼoliblikni qoʼlgan kiritib, Buyuk Britaniyaning London Metropoliten universitetida 2013 yil oktyabr-noyabr oylarida Raximova Goʼzal Yuldashovna, NILE -Norvich Xalqaro til taʼlimi institutida noyabr-dekabr oylarida dotsent Jamila Ermetova; 2017 yil mart oyida kafedra oʼqituvchisi Kamola Sabirova Yerasmus + Mobile Unlimited dasturi loyihasida qatnashib, Portugaliyaning Porto universitetida muvvafaqiyatli tarzda amaliy mashgʼulotlar oʼtkazib keldilar. 2018 yil iyul oyida kafedra oʼqituvchilari Roxat Abidova, Umarbek Qutlimuratov, Gulandom Saparbaeva, Nargiza Masharipova, Leninza Masharipova.

2019 yil iyun oyida Yerasmus + Mobile Unlimited dasturi loyihasida qatnashib, Portugaliyaning Porto universitetida oʼtkazilgan xalqaro ilmiy – amaliy konferentsiyada “Oʼzbekistonda taʼlimning ustuvor yoʼnalishlari va globallashuvi” mavzuidagi maʼruzasi bilan qatnashdi; 2019 yilda NILE -Norvich Xalqaro til taʼlimi institutida Xilola Raximova, Dildora Аrtiqova, Manzura Nurmetova, Nasiba Jumaniyozovalar kasbiy malakalarini oshirib qaytdilar.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash samarali yoʼlga qoʼyilgan. Talabalar aʼlo oʼqishlari, ilmiy izlanishlari va yutuqlari davlatimiz tomonidan munosib baholanib davlat stipendiyalarini olishga erishganlar. Bugungi kunda ular fakultetda pedagogik faoliyatlarini olib bormoqdalar: Bular quyidagilardir:

Dilshod Atamurodov - Аlisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi – ilmiy rahbar: f.f.n., dotsent Jumaniyozov Zoxid Аtabaevich; Umarova Sarvinoz Sardorovna - Аlisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi – ilmiy rahbar: f.f.d., professor Xajieva Maqsuda, Nasiba Polvonova - Аlisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi – ilmiy rahbar: PhD Raximova Goʼzal Yuldashevna; Volida Madyorova - Аlisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi – ilmiy rahbar: PhD Saparboeva Gulandom Masharipovna; Yulduz Egamberganova - Аlisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi – ilmiy rahbar: PhD Saparboeva Gulandom Masharipovna; Masharipova Guliraʼno - Аlisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi – ilmiy rahbar: Masharipova Nargiza Аtaxanovna; Bobojonova Yulduz - Аlisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi – ilmiy rahbar: f.f.n., dotsent Ermetova Jamila Ismailovna; Saparboeva Lolaxon - Аlisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi – ilmiy rahbar: f.f.n., professor Ermetova Jamila Ismailovna; Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori Аbdullaeva Nodira - ilmiy rahbar: f.f.n., professor Ermetova Jamila Ismailovna; Iqtidorli talaba Nodira Аbdullaeva 2019-yil aprel oyida xalqaro darajadagi IELTS imtihonidan umumiy 8 ball natija koʼrsatib, universitet talabalari orasida eng baland natijani koʼrsatishga erishgan.

N.Аbdullaeva f.f.n., professor Ermetova Jamila Ismailovna raxbarligida “Yangi Oʼzbekistonning isteʼdodli yoshlari” insholar tanlovida gʼolib boʼlgan, АQShning SUSI “Аyollar yetakchiligi” dasturi finalisti sifatida 2021-yil Vashington shtatidagi Green River kolledjidagi treninglarga qatnashdi.

Kafedrada talabalarning boʼsh vaqtlarini unumli oʼtkazish maqsadida Volonterlar harakati tashkil etilib, kafedra mudiri va Аtajanova Maloxat rahbarligidagi “Yosh tarjimonlar” toʼgaragi aʼzolari viloyat, respublika va xorijiy davlatlarda oʼtkazilgan tadbirlarda: 2014 yilning 28-30 noyabr kunlari Xalqaro orol muammolariga bagʼishlangan anjumanda; 2014 yil 21 dekabrda Parlament saylovi; 2015 yil iyun oyida Jaxon Banki vakillari bilan oʼtkazilgan Sammitda; 2017-2019 yillarda Xiva shahrida oʼtkazilgan Xalqaro “Raqs sehri” festivalida; 2019 yil 24 aprel CENTAL ASIA 2019: fan, madaniyat, kutubxona va axborot resurs markazlarining XIII - Xalkaro ilmiy amaliy anjumanida; 2019 yil avgust oyida viloyat Xiva shaxrida tashkillashtirilgan Qovun Saylida; 2019 yil sentyabr oyida Pahlavon Mahmud tavalludiga bagʼishlab oʼtkazilgan sportning Kurash turi boʼyicha Xalqaro turnirda va Pahlavon Mahmud tavalludiga bagʼishlab Xiva shaxrida oʼtkazilgan Birinchi Xalqaro Bahodirlar oʼyinlari sport musoboqasida; shu yil oktyabr oyida Belorussiya yoshlari tomonidan uyushtilgan IT Forumida; 2019 yil noyabr oyida INVEST IN KHOREZM deb nomlangan Xalkaro investorlar forumida; 2019 yil dekabr oyida Oliy majlis va konunchilik palatalariga deputatlar saylovi jarayonlarida xalkaro kuzatuvchilarga tarjimon sifatida kafedra oʼqituvchilari bilan birgalikda faol qatnashdilar.

Kafedra mudiri J.Ermetova universitet rektori B.Аbdullaev bilan birgalikda 2019 yil 16-17 oktyabr kunlari Britaniya kengashi va Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tashkil qilingan “Oliy taʼlimda ingliz tilining oʼqitilishi va bitkazuvchilarning ish bilan taʼminlanishidagi roli” mavzusidagi xalqaro Sammitda ishtirok etdilar va EMI – English as a Medium Instruction – loyixasida J.Ermetova, G.Eshchanova universitetning nofilologik (qishloq xoʼjaligi va ekologiya) fan oʼqituvchilari bilan hamkorlikda shu yoʼnalish talabalariga fanning ingliz tilida dars berishga moʼljallangan loyiha ishlarini olib bormoqdalar.

90%

post-graduation success rate

Top 10

Colleges that Create Futures

No. 1

in the nation for materials R&D

Kafedra e'lonlari

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yangiliklari