Kafedra 1997 yilda “Menejment va marketing” nomi bilan tashkil qilingan bo`lib, unga hozirgi kunda PhD Raximov To'xtabek Jumaboyevich rahbarlik qilmoqda. 1997-2012 yillarda iqtisod fanlari doktori, professor B.Ruzmetov 2012-2021 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Ruzmetov Sherzodbek Baxtiyarovich rahbarlik qilgan. Bugungi kunda Iqtisodiyot kafedrasida 3 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 11 nafar PhD, dotsentlar, 2 nafar katta o`qituvchi, 13 nafar o`qituvchi faoliyat ko`rsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 50 % ni tashkil qiladi.
Kafedrada 5230100–Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha), 60310100–Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha), 60310500- Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha), 60411900-Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) va 60310300- Mintaqaviy iqtisodiyot ta'lim yo`nalishlarida 2935 nafar bakalavrlar, 70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) mutaxassisliklari bo`yicha 17 nafar magistrlar tayyorlanadi.
2023 - yilda Iqtisodiyot kafedrasida 32 nafar professor - o'qituvchilar faoliyat ko'rsatib, ulardan 22 nafari asosiy shtatda ishlamoqdalar.
post-graduation success rate
Colleges that Create Futures
in the nation for materials R&D
Copyright © 2024 All Rights Reserved by UrDU