Urganch Davlat Universiteti rektorining 2019 yil 1 – fevral №22 sonli buyrug’i asosida Tabiiy fanlar fakultetida “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi faoliyat ko’rsata boshladi. Kafedraga q/x.f.n. dotsent Tajiyev Zokirjon Rajabovich kafedra mudirligi lavozimiga saylandi. 2020 yildan boshlab kafedraga PhD, Dotsent Bobojanova Sanobar Yuldashbayevna boshchilik qilib kelmoqda. Kafedrada jami 15 ta professor-o’qituvchi bo’lib, shundan 6 ta dotsent. E.I.Samandarov, q/x.f.n. G’.Q’Yoqubov, p.f.n. Xudayberganova O’.B., PhD. Bobojanova S.Yu., Babadjanova Sh.K., A.A.Masharipov va M.B.Doschanoza 4 ta katta o’qituvchi Mahmudova D.I., Jumaniyazova Sh.I.,Pirova M.Q.,Madrimov X., 2 nafar o'qituvchi 3 nafar stajyor o'qituvchilar faoliyat yurutmoqda. Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilari turli yillarda turli-xil respublika miqyosidagi tadbirlarda muvaffaqiyatli ishtirok qilib, sovrin va unvonlarga erishib kelishgan. Xususan, kafedra dotsenti Masharipov A.A. 2017 yilda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi bo’lib dotsent unvonini oldi. [Biologiya fanlari nomzodi, professor Ruzmat aka Egamberdiyevning ekologiya, tibbiyot va hayot haqidagi bir qancha o’quv qo’llanma, monografiya va darsliklari chop qilingan]. Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan hayot faoliyati xavfsizligi sohasida har yili Universitet bo’yicha fuqorolarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi bo’yicha sinov-nazorat tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda. Kafedrada 5630100-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi mutaxassisligi bo’yicha bakalvrlar tayyorlanadi. Kafedrada fakultetlararo ”Hayot faoliyati xavfsizligi”, ”Fuqaro muhofazasi”, ”Ekologiya”, ”Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish”, ”Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” va 5630100-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mutaxassislik fanlari o’qitiladi. Talabalar orasida ham respublika fan olimpiadalari va turli-xil ko’rik tanlovlar g’olib hamda ishtirokchilari tahsil olishmoqda. Xususan, Jumaniyazova Shaxnoza rahbarligida Abdullayeva R. 2018 yilda ”Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo’nalishida Respublika fan olimpiadasida faxrli I o’rinni, 2019 yilda III o`rinni, Yoqubov Gayrat rahbarligida "Bologiya" yonalishi bo`yicha Respublika fan olimpiadasida faxrli III orinni, Tajiyev Zokir rahbarligida "Xayot faoliyati havfsizligi" yo`nalishi bo`yicha Respublika fan olimpiadasida faxrli III o`rinni olganlar , Kafedramizda 15 ta iqtidorli ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo’nalishi talabalari tahsil olmoqda.
2020 yil 30 - iyul kuni kafedra katta o'qituvchisi S.Yu.Babajanova qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi va 2020 yil 2 - sentyabridan kafedraga mudiralik qilib kelmoqda. RASM
2020 yil 31 - dekabrda kafedraning yana bir katta o'qituvchisi Sh.K.Babadjanova biologiya fanlari bo'yicha falsafa (PhD) ilmiy darajasini oldi. RASM 2
2022 yil 10- fevral kafedraning katta o`qituvchisi M.B.Docshanova biologiya fanlari bo'yicha falsafa (PhD) ilmiy darajasini oldi
2023 yil 5 avgustda kafedraning katta o`qituvchisi X.B. Rajapov iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ximoya qildi.
Hozirgi kunda
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi: «Agroekologiya: ilm-fan yutuqlari va innovatsiya».
Kafedraning ilmiy salohiyati:– 40%, ulardan dotsentlar 6 ta, kafedra xodimlarining o‘rtacha yoshi – 42.4 yosh.
Himoya qilgan dissertantlar:
Babajanova Sanobar Yuldashbaevna, PhD
Babadjanova Shirin Kadamovna, PhD
Daschanova Manzura Babajanovna PhD
2023– 2024-o’quv yilida Urganch davlat universiteti Таbiiy va qishloq xo`jaligi fanlar fakulteti Ekologiya va HFX kafedrasida jami 18 nafar professor- o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedramizda 7 nafar dotsentlar, 6 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o‘qituvchi va 3 nafar stajyor o‘qituvchilar va 2 doktarant faoliyat yuritmoqda. Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagilar(15nafar) hisobiga 40% ni, ichki va tashqi o’rindoshlar(18 nafar) hisobiga 33 % ni tashkil qiladi.
post-graduation success rate
Colleges that Create Futures
in the nation for materials R&D
Copyright © 2024 All Rights Reserved by UrDU