cap Kimyoviy texnologiyalar

Kafedra haqida

Xorazm viloyatida ishlab chiqarishni yuqori darajada rivojlantirish korxonalariga oliy ma'lumotli malakali kadrlar, xususan muxandis texnologlar tayyorlab berish bilan uzviy bog'liq. Malakali mutaxassis texnologlarni tayyorlab chiqarish maqsadida 1992 yili O’zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan Urganch Davlat universiteti tarkibida Тoshkent Politexnika universiteti fakulteti tashkil etildi. Unga Toshkent shahridagi turli oliygoxlarda arxitektura, kimyoviy texnologiya va injenerlik yo'nalishlarida ta'lim olayotgan Xorazmlik talabalarning keyingi o`qishlari ko`chirib kelindi.
«Kimyoiy-texnologiya» kafedrasi 1994 yili Urganch Davlat universiteti tarkibida Politexnika fakulteti negizida «Kimyoviy-texnologiya» fakulteti ajralib chiqqandan keyin fakultet tarkibida mutaxassis tayyorlovchi asosiy kafedra - «Texnologiya asoslari» nomi bilan tashkil topdi. 
Dastlab kafedra tarkibi 18 nafar professor - o`qituvchilardan iborat bo`lib, 6 nafar texnika fanlari nomzodi faoliyat ko`rsatdi. Kafedra mudiri etib kimyo fanlari nomzodi dotsent O.K.Qulimov tayinlandi. Kafedrada «Silikat va qiyin eruvchan nometall materiallar kimyoviy texnologiyasi», «Konservalash texnologiyasi» va «Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan unumli foydalanish» mutaxassisliklari bo`yicha injener-texnologlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Ushbu davrda mutaxassisliklarga mos ravishda laboratoriyalar tashkil etish, o`quv adabiyotlari bilan ta'minlash ishlari boshlandi. Ayniqsa mutaxassisliklar doirasida ko`rgazmali qurollar, turli maket va stendlar tayyorlash ishlariga katta e'tibor qaratildi. 

Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi professor-o’qituvchilari 1 ta yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Xususan, Respublikamiz sanoat korxonalaridagi bugungi kundagi yechimini kutayotgan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilgan holda, ularni ijobiy hal qilishga, hamda mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida xalq xo’jaligi maxsulotlarini olishga karatilgan ilmiy tadkikot ishlari olib borilmoqda. 
Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari, ishlab chiqarish korxonalarining dolzarb masalalari va muammolari doirasida tashkil qilingan bo‘lib bu soxada korxonalardan olingan takliflar ustuvor qiqlib belgilangan. «Kimyoviy texnologiyalar» kafedrasida quyida ilmiy mavzulardagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda: 

1. Maxalliy xom ashyolar asosda kislotabardosh keramik materiallar olish. dots. Boyjanov I.R. 

2. Силикат ва темирбетон коррозиясига карши таркиб яратиш технологияси. Masharipova Z.A.

3. Оролбўйи минтақаси минерал-техноген ресурсларидан фойдаланиб иссиққа чидамли боғловчи олиш технологияси Ruzmetova A.Sh.

4.Kauchuklarni vulkanizatsiyalashning organik tezlatgichlari va ular asosida kompozitsiyalarni olish texnologiyasi. Kazakov U.A.

5.«Лёс-дефекат» композицияси асосида модификацияланган минерал боғловчи ва керамик ғишт таркибларини ишлаб чиқиш  Masharipova Sh.M.

6.Марказий Қизилқум фосфоритларидан азосуперфосфат олишнинг рақобатбардош технологияси Atashev E.A.

7.“Кремнезёмли хомашёларни қайта ишлаб шиша юзалари учун бадиий безак қопламалар олиш технологияси ” Buranova D.B.

8.“Қурилиш металл буюмлари юзалари учун осон суюқланувчи шиша эмаллар олиш технологияси” Matchanov Sh.K.

9.Махаллий хом ашёлар асосида майолика олиш технологиясини ишлаб чиқиш.  Otaeva F.A.
10.«Kimyoviy tехnоlоgiyalar» kafеdrasi professor o`qituvchilari tomonidan muntazam ravishda darsliklar, o`quv va uslubiy qo`llanmalar, ilmiy va ilmiy ommabop maqolalar chop etilmoqda.

90%

post-graduation success rate

Top 10

Colleges that Create Futures

No. 1

in the nation for materials R&D

Kafedra e'lonlari

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yangiliklari