Urganch davlat universiteti "Turizm va iqtisodiyot" fakulteti "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit ta'lim yo'nalishi bo'yicha mutaxassis tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. 5230900 - “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) - iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar faoliyatining barcha yo‘nalishlari, iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy asoslari, faoliyat tamoyillari, likvidliligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlash bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
5230900 - “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari hamda yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek norizidentlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va tarkibiy bo‘linmalari, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlari, o‘rta maxsus ta’lim tizimi muassasalari va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi hisob yuritish jarayonlar majmuasi.
5230900 - “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:
Kasbiy kvalifikatsiyalar: buxgalter, buxgalter-kassir, buxgalter-revizor, buxgalter-ekspert, auditor, bosh auditor, bosh buxgalter, bosh buxgalter-ekspert, bosh kassir, kontroler-revizor, bosh revizor, statist, ekonomist, bosh mutaxassis, bosh ekonomist, davlat soliq inspektori, diler, menejer kvalifikatsiyalariga ega bo‘lish mumkin.
post-graduation success rate
Colleges that Create Futures
in the nation for materials R&D
Copyright © 2024 All Rights Reserved by UrDU