cap Kimyo

Kafedra haqida

  1992-yil Urganch davlat universiteti Tabiatshunoslik fakultetida “Kimyo” kafedrasi, Kimyo-texnologiya fakultetida “Umumiy va organik kimyo ” kafedrasi faoliyat ko’rsata boshladi. “Kimyo” kafedrasiga 1992-1994-yillarda kimyo fanlari nomzodi, professor B.Sodiqov mudirlik qildi. 1992-1994-yillar davomida “Umumiy va organik kimyo” kafedrasi mudiri lavozimida kimyo fanlari nomzodi, dotsent Q.Sobirov ishladi.1994 yildan “Kimyo” va “Umumiy va organik kimyo” kafedralari birlashtirildi va Tabiatshunoslik fakulteti tarkibida “Umumiy kimyo” kafedrasi tashkil qilindi. Kafedraga dots. Q.Sobirov (1994-1999- va 2000-2006-yillar), dots. A.Matyaqubov (1999-2000 yillar) mudirlik qilishdi.

2006-yil sentabr oyidan Tabiatshunoslik fakultetidan Kimyo-texnologiya fakulteti ajralib chiqdi. 2006-yil 28 avgustdan 2011-yil 29 avgustgacha “Umumiy kimyo” kafedrasi Kimyo-texnologiya fakulteti tarkibida faoliyat ko’rsata boshladi. 2006-yil 6-iyuldan 2011-yil 29 avgustgacha kafedraga dotsent E.Eshchanov, 2011-yildan 2012-yil avgustigacha dotsent X.Polvonovlar mudirlik qildi. 2012-yil avgustidan 2015-yil avgustigacha kafedraga kimyo fanlari nomzodi Sh.Hasanov mudirlik qildi. 2015-yil avgust oyida “Umumiy kimyo” kafedrasi “Kimyo” kafedrasiga aylantirildi. 2015-yil oktyabr oyidan kafedra mudiri qilib k.f.n. Sh.Hasanov saylandi. 

 2017-yilda dotsent X.Azizjanov va 2018-yilda dots. M. Baltayeva kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borishgan.  2019-yildan hozirgi kungacha E.U.Eshchanov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

1992-1999-yillar davomida kafedrada Kimyogar o’qituvchi diplomli mutaxassislar tayyorlandi. 1999-yildan 2020-yilgacha kafedrada 5440400-kimyo yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlandi. 2021-2022-o'quv yilidan boshlab to hozirgi kungacha 60530100- Kimyo (turlari bo‘yicha) yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. 2003-2007-yillar davomida kafedrada magistratura yo`nalishi tashkil qilinib, 5A440403-organik kimyo mutaxassisligi bo’yicha 12 nafar magistr tayyorlandi. Ulardan 3 nafari hozirgi kunda kafedrada o’qituvchilik qilishmoqda. 2014-yildan kafedrada 5A140501-Kimyo (anorganik kimyo) mutaxassisligi bo'yicha magistratura o'z faoliyatini boshladi. 2015-2016-o’quv yilida 5 nafar magistrantlar o’qishni mufavvaqiyatli tugatdilar, shulardan uch nafari kafedrada o’z faoliyatini davom qildirmoqdalar. 2021-yildan kafedrada 70530101-Kimyo(fan yo‘nalishi bo‘yicha)mutaxassisligi bo'yicha magistratura o’z faoliyatini boshladi. 2022-2023-o’quv yilida 48 nafar magistrantlar o’qishni mufavvaqiyatli tugatdilar, shulardan 2 nafari kafedrada o’z faoliyatini davom qildirmoqdalar.

Kafedra tashkil qilingandan buyon ilmiy darajaga ega bo’lgan mutaxassislarni jalb qilish borasida katta ishlar olib borildi. Urganch davlat universiteti tashkil qilinganga qadar 2 nafar ilmiy darajaga ega bo’lgan professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatgan. Bular, kimyo fanlari nomzodi, professor B.Sodiqov va kimyo fanlari nomzodi, dotsent A.Matyaqubovlardir. Urganch davlat universiteti tashkil qilingangach 1992-yilning o’zidayoq ilmiy darajaga ega bo’lgan 2 nafar mutaxassislar-kimyo fanlari nomzodlari R.Eshchanov va Q.Sobirovlar kafedraga jalb qilindi. 1992-2006-yillar davomida kafedra a’zosi bo’lgan dotsent R.Eshchanov Tabiatshunoslik fakultetida dekan lavozimida ishlab kafedraning ilmiy salohiyatini kuchaytirishda o’zining munosib hissasini qo’shdi. Uning tashabbusi bilan kafedraga 2005-yil yana 2 nafar ilmiy darajaga ega bo’lgan mutaxassislar-kimyo fanlari nomzodlari T.Abduraxmanova va B.Ibodullayevlar ishga olindi. Shu bilan birga kafedraga ishga taklif qilingan yosh o’qituvchilarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish orqali yuqori malakali imiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasida ko’zga ko’rinarli ishlar amalga oshirildi. Ular kafedrada o’qituvchilik qilishi bilan bir vaqtda mustaqil tadqiqotchilik asosida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishdi va kafedraning ilmiy salohiyatini ko’tarishga munosib hissalarini qo’shdilar. 2004-2023-yilar davomida kafedrada  fan nomzodilari (2004-yil D. Dushamov, 2005-yil E. Eshchanov, 2007-yil M.Boltaeva, 2008-yil Y.Toxirov va Sh.Xasanovlar) va 9 nafar PhD (X.Rajabov 2019-yil, R.Usmonov 2020-yil, S.Sadikova, Z.Abdullayeva  va H.Ismoilova 2021-yil, Z. Ataullayev va A.Niyazmetov 2022-yil, X. Eshchanov- 2023-yil ) tayyorlandi.

           Kafedra 11 ta yo’nalishda ilmiy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda: 

1. "Tabiiy yuqori molekulyar birikmalarning xossalarini o'rganish va ular asosida yaratilgan materiallarni amaliyotga tadbiq qilish".

2. "Gеtеrohalqali birikmalarni elеktrofil almashinish rеaksiyalari va sintеz qilingan moddalarning biologik faolligini tadqiq qilish".

3. "Uzluksiz taʻlim tizimida kimyo oʻqitishni takomillashtirish" masalalari 

4. "Yangi tur koordinatsion birikmalarni sintez qilish va ularni ahamiyatini o'rganish"

5. "Tabiiy manbalardan biologik faol moddalarni ajratib olish, ularning xossalarini o'rganish"

6. Sanoat chiqindilari asosida yuqori sorbsion xossalari sorbentlar olish"

7. "Turli muhitlarda mavjud ionlarni sifat va miqdoriy analiz qilishning muqobil variantlarini yaratish"

8. "Yangi organik birikmalar sintezlashning muqobil usullarini yaratish"

9. Nanozarrachalar sintezlashning yangi usullarini yaratish va nanozarrachalarni xossalarini o'rganish.

10. "Tribokimyoviy usullar asosida yangi koordinatsion birikmalar sintezlash"

11. "Mahalliy chiqindilar asosida olingan sorbentlar yordamida o'simlik moylarini tozalash"

       Ushbu yo’nalishdagi ilmiy tadqiqot ishlari O’zbekiston respublikasi fanlar Akademiyasi institutlari va Ma'mun akademiyasi bilan hamkorlikda olib borilmoqda. 

        Bugungi kunda kafedrada o'quv jarayonlarini 42 ta professor-o'qituvchilar olib boriladi. Shundan 25 ta hodim asosiy va 17 ta hodim ichki o'rindoshlar sifatida ishlab kelmoqda. Ulardan 11 kishi fan nomzodi va 8 kishi PhD, 1 kishi katta o'qituvchi 22 nafari o'qituvchilardir. 

          Oxirgi yillarda kafedra o’qituvchilari va iqtidorli talabalari turli ko’rik tanlovlarda, innovatsion yarmarkalarda faol qatnashmoqdalar. Jumladan, 2015-yilda II bosqich magistranti A.Ro’zmetov Tabiiy fanlar bo’yicha Prezident stipendiyasi tanlovida g’olib bo’ldi. III bosqich talabasi A.Shigabutdinov 2017-, 2018-, 2019-yillar davomida Respublika fan olimpiadasida faxrli ikkinchi o`rinlarni olib kelmoqda. Shu bilan birga professor-o’qituvchilarimiz va iqtidorli talabalarimiz Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan ham birgalikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

90%

post-graduation success rate

Top 10

Colleges that Create Futures

No. 1

in the nation for materials R&D

Kafedra e'lonlari

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra yangiliklari