1995 yilda Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakultetida «Amaliy matematika» kafedrasi tashkil qilindi va unga UrDU o’quv ishlari prorektori, f.-m.f.d., prof. Norimov Shermat Norimovich mudir qilib tayinlandi.
1996 yilning 23 fevralida «Amaliy matematika» kafedrasiga, 1994 yilning aprel oyidan 1996 yilning 23 fevraligacha fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida ishlagan, 1995 yilning aprel oyida Toshkent davlat universitetida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan, f.-m.f.d. Xasanov Aknazar Bekdurdievich mudir qilib tayinlandi.
1996 yilda kafedraning nomi o’zgardi, u «Matematik fizika va amaliy matematika» kafedrasi nomini oldi.
1999 yilda A.B.Xasanov fizika-matematika fakulteti dekani qilib tayinlandi, u shu bilan birga «Matematik fizika va amaliy matematika» kafedrasi mudiri edi.
2002 yilda t.f.n., dots. B.Yu.Xasanov «Matematik fizika va amaliy matematika» kafedrasi mudiri qilib tayinlandi.
2005 yilda f.-m.f.n., dots. G.U.Urazboev «Matematik fizika va amaliy matematika» kafedrasi mudiri qilib tayinlandi.
2007 yilda kafedramizda 5480100-«Amaliy matematika va informatika» yunalishidan tashkari, 5440200-«Mexanika» yo’nalishi bo’yicha xam bakalavrlar tayyorlanadigan bo’ldi.
2009 yilning 1 fevralidan 15 maygacha dots. O.R.Allaberganov kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi qilib tayinlandi.
2009 yilning 15 mayida kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi dots. O.R.Allaberganov UrDU qoshidagi 3-sonli akademik litseyga direktor qilib tayinlandi.
2009 yilning 15 mayida dots. A.B.Yaxshimuratov kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi qilib tayinlandi.
2009 yilning sentyabridan dots. Q.Mamedov kafedra mudiri qilib tayinlandi.
2015-yildan hozirgi kungacha B.A.Babajanov kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda.
2020-yil sentyabr oyida kafedra tarkibidan "Matematik injiniring" kafedrasi ajralib chiqdi.
Hozirgi kunda kafеdrada bitta fizika – matematika fanlari doktori, oltita fizika – matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), to'rtta katta o‘qituvchi, yettita o‘qituvchi va kabinet mudirasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafеdrada “Differensial tenglamalar va matematik fizika” yo‘nalishi bo‘yicha tayanch doktaranturada uchta tayanch doktarant va ikkita mustaqil izlanuvchi ilmiy izlanish olib bormoqda. Kafedrada “Matematika(Yo'nalishlari bo'yicha)” magistratura yo‘nalishlari faoliyat olib bormoqda.
Hozirda kafedramizda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi:
Bakalavr bo’yicha qabul yo’nalishi.
1. 5130200 – Amaliy matematika
Magistratura bo’yicha qabul yo’nalishi.
5A130101-Matematika (yo'nalishlar bo'yicha)
yo'nalishi bo’yicha faoliyat yuritib kelmoqda.
post-graduation success rate
Colleges that Create Futures
in the nation for materials R&D
Copyright © 2024 All Rights Reserved by UrDU