URBONLARI XOTIRASI MUZEYINING FAOLIYATIDAN QISQACHA MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 936-sonli qaroriga asosan Urganch Davlat universitetida mazkur qarorning bajarilishi yuzasidan universitet ustavi qayta ko‘rib chiqilib, tuzilmasiga hududiy “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” kiritildi. Qaror asosida tasdiqlangan “Urganch Davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” Nizomi 2017 yil dekabr oyidagi universitet kengashida tasdiqlandi.
Urganch Davlat universitetida mazkur qarorning bajarilishi yuzasidan universitet ustavi qayta ko‘rib chiqilib, tuzilmasiga hududiy “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” kiritildi.
Muzeyning direktori Y.Raxmanova ilmiy rahbarligida ekspeditsiyalar uyushtirilib, Xorazm vohasi hududida qatag‘on qilingan shaxslar otilgan joylar - qatlgohlar suratlarga tushirildi, foto, arxiv hujjatlari, aholidan og‘zaki xotiralar, osori - atiqalar, tarixiy buyumlar yig‘ildi, albomlar yaratildi. 1937 yilgi deportatsiyada Xorazm viloyatiga ko‘chirib keltirilgan koreys millati vakillari ham muzey fondiga materiallar taqdim qildilar va ekspozitsiya yaratilishiga munosib hissa qo‘shdilar. Muzey tashkil qilish uchun juda qisqa vaqt jarayonida bir yil davomida 2300 dan ziyod hujjatlar, eksponatlar va boshqa materiallar yig‘ishga erishildi. Hozirgi kunga kelib 4000 dan ziyod fond materiali jamlandi.
Muzeyning birinchi zali
Xorazm viloyatida joylashgan hududiy muzey el - yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to‘laqonli aks ettirish, istiqlol uchun kurashlarda ommaviy qatag‘onlar tufayli qurbon bo‘lgan, insoniylik sha’ni, qadr - qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida yaratildi. Mazkur muzey 2018 yil 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunida muzeyning ochilish marosimi o‘tkazildi. Muzey keng jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi.
Muzey konsepsiya bo‘yicha barcha ilmiy - uslubiy ishlarni amalga oshirdi. Jumladan muzeyning “Xiva xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, mahalliy xalqning erk va hurriyat uchun kurashi (1868 - 1900)”, “Xiva xonligidagi milliy uyg‘onish harakati, uning amaliy yo‘nalishlari va namoyandalari (1901 - 1917)”, “Xorazm Xalq Respublikasining tugatilishi va viloyatda bolsheviklar hokimiyatining o‘rnatilishi (1917 - 1929)”, “Sovet davlati qatag‘on siyosatining boshlanishi (1929 - 1936)”, “1937 - 1938 yillardagi “Katta qirg‘in”, “1940 - 1950 yillardagi siyosiy qatag‘onlar”, “1980 - yillardagi qatag‘on. “Paxta ishi” kampaniyasi”, “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab - avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan tarixiy ishlar (1991 yildan keyingi davr)” bo‘limlari bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi.
Muzeyning ikkinchi zali
2020 yilning 8 oktyabrida “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishida qatag‘on qurbonlarini viloyat, tuman va shaharlar kesimida nomma - nom aniqlash, ularning hayoti va faoliyati, tarixiy xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni, arxiv va muzeylarda saqlanayotgan hujjatlarni to‘plash va o‘rganish, ular nomini abadiy saqlash hamda kelgusi avlodlarga etkazish maqsadida «Qatag‘on qurbonlari» xotira kitobini yaratish, xorijdagi arxiv, kutubxona va muzey, ilmiy ma’rifiy tashkilotlar, mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish, shu davrga oid manbalarni izlab topish maqsadida ilmiy amaliy ekspeditsiyalar tashkil etildi va ilmiy natijalar olindi.
Ekspozitsiyalardan lavha
Muzey “Xiva xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, mahalliy xalqning erk va hurriyat uchun kurashi (1868-1900)”, “Xiva xonligidagi milliy uyg‘onish harakati, uning amaliy yo‘nalishlari va namoyandalari (1901-1917)”, “Xorazm Xalq Respublikasining tugatilishi va viloyatda bolsheviklar hokimiyatining o‘rnatilishi (1917-1929)”, “Sovet davlati qatag‘on siyosatining boshlanishi (1929-1936)”, “1937-1938 yillardagi “Katta qirg‘in”, “1940-1950 yillardagi siyosiy qatag‘onlar”, “1980-yillardagi qatag‘on. “Paxta ishi” kampaniyasi”, “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan tarixiy ishlar (1991 yildan keyingi davr)” bo‘limlaridan iborat.
Ekspozitsiyalardan lavhalar
Copyright © 2024 All Rights Reserved by UrDU