Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi
Yuldashov Kaxraman Kamulovich
Bo‘lim boshlig‘i
Telefon raqami: |
+998-93-922-13-84 |
e-mail: |
|
Ish joyi manzili: | Urganch sh. Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uy, 220100 |
MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO‘LIMI:
Mazkur bo‘lim universitet ijro etuvchi apparatining tarkibiy qismi hisoblanib, bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.
1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan “Marketing xizmati bo‘limi” tashkillashtirilgan.
“Marketing xizmati bo‘limi” tegishli hujjatlarga asosan “Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi” (2019-2021)ga, 2021-yil 21-may sanasidan boshlab “Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi”ga o‘zgartirilgan.
“Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi o‘z sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va bo‘limning joriy o‘quv yili uchun belgilangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda.
BO‘LIM TARIXI:
Urganch davlat universitetida Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi (Marketing xizmati bo‘limi) 1998-yilda tashkil etilgan va 2019-yilgacha quyidagilar bo‘lim boshlig‘i (rahbar) lavozimida ishlab kelganlar:
1998-1999-yillar → Davletov Ikram Yusubovich;
1999-2002-yillar → Siddikov Marat Xalilovich;
2002-2004-yillar → Egamov Baxtiyor Nurmetovich;
2004-2018-yillar → Navruzov Kuralbay;
2018-2019-yillar → Xudayberganov Aniyoz Niyazmetovich.
2019-yildan boshlab Yuldashov Kaxraman Kamulovich “Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi” boshlig‘i etib tayinlangan. Bo‘limdagi o‘zgarishlar sababli 2021-yilning 21-may sanasidan boshlab “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish faoliyatini davom qildirib kelmoqda.
BO‘LIMNING MAQSADLARI VA VAZIFALARI:
- qabul kvotalarini shakllantirish bo‘yicha marketing ishlarini olib borgan holda har yili ish beruvchilardan olingan buyurtmalar asosida kelgusi yildagi qabul uchun prognozni shakllantirish va rahbariyatga ma’lumot taqdim etish;
- pedagogik kadrlar tayyorlovchi yo‘nalish va mutaxassisliklarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlarida “4+2” tartibi joriy etilganligi munosabati bilan talabalar amaliyotini muntazam kuzatib borish;
- talabalarning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga mos korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda haq to‘lanadigan amaliyotlarini tashkil etilishiga ko‘maklashish;
- mehnat organlari, tegishli ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o‘rinlari yarmarkalari, karyera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish.
- bitiruvchilarnining mehnat bozoridagi mos ish o‘rinlariga ishga joylashishiga ko‘maklashish.
BO‘LIM XODIMLARI:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 12-may sanasida 2859-3-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining na’munaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorga asosan quyidagi lavozimlar bo‘yicha xodimlar faoliyat yuritmoqda:
Yuldashov Kaxraman Kamulovich |
– |
Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i |
|
||
Safashev Sodik |
– |
Bosh mutaxassis |
|
|
|
Safashev Shuxrat Sadikovich |
– |
Bosh mutaxassis |
|
|
|
Matrasulova Oyshajon Rajabbayevna |
– |
Bosh mutaxassis |
|
|
|
Shojanov Shohrux Axmad o'g'li |
– |
Marketolog |
Copyright © 2024 All Rights Reserved by UrDU