Bo'lim haqida

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi «Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi PF-5847-sonli Farmoni bilan «Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi» tasdiqlandi. Oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʼnalishlari belgilab berildi.

Kontseptsiyaga asosan, bir qator universitetlarni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta oʼrindagi oliy taʼlim muassasalari roʼyxatiga kiritish xamda universitetlarni xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga tayyorlash masalasi qoʼyildi. Respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta oʼrindagi oliy taʼlim muassasalari roʼyxatiga kiritilishi eng ustuvor vazifa qilib belgilandi.

 Urganch davlat universiteti yuqorida takidlab o’tilgan yetakchi 10 ta oliy o’quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Urganch davlat universitetini reytingning 1000 taligiga kiritish yuzasidan tizimli ishlarni olib borish maqsadida universitetda “Xalqaro reytinglar bo’yicha ishlash” bo’limi tashkil qilindi. Ushbu bo’lim xalqaro reytinglarga kirishni ta’minlovchi ko’rsatgichlarni monitoring qilish va ularning yaxshilash bo’yicha fakultetlar bilan hamkorlikda ish olib boradi. Universitetning Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities portallaridagi profillarini yuritadi va ularni zarur ma’lumotlar bilan boyitib boradi. Shu bilan birgalikda Universitetning faoliyat ko’rsatgichlarini xalqaro reyting agentliklari talablariga muvofiqlashtirib borish hamda yuqori impact faktorga ega Scopus, Nature, Web of Science plotformalarida indeksatsiyadan o’tgan jurnallarida maqolalar professor o’qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar tamonidan muntazam chop etilishini yanada yaxshilash va nazorat qilish - bo’limning ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

Bo'lim hodimlari

Yangiliklar

Bo'lim yangiliklari

Yozgi turizm maktabi ishtirok…

Urganch davlat universitetida tashkil etilgan yozgi turizm maktabi ishtirokchilari rejaga muvofi…

Iyun 18, 2024

Urganch davlat universitetida…

Urganch davlat universiteti tomonidan 2024-yilning 3-10-iyun kunlari hamkor oliy ta’lim mu…

Iyun 16, 2024

“Tarix va filologiya sohalari…

Bugun, 5-iyun kuni Urganch davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tashabbusi …

Iyun 05, 2024

“Xorazm Shakar” MChJ bilan ha…

Bugun, 4-iyun kuni “Xorazm Shakar” MChJ vakillari Urganch davlat universiteti bilan …

Iyun 04, 2024