1. Respublikamizning etakchi korxonalari va xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari bilan amaliy, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni hamkorlik asosida tuzish; fan, texnika va ishlab chiqarish integratsiyalarini rivojlantirish, ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va xususiy tadbirkorlik sohasidagi universitet talabalari, magistrantlari, tayanch doktorantlar (PhD), doktorantlar (DSc), mustaqil izlanuvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha intellektual mulkini himoya qilish va uni boshqarish, ilmiy-texnikaviy, ta’lim va innovatsiya sohasidagi yangiliklarni etkazish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limning asosiy maqsadi hisoblanadi.
2. Bo‘lim bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:
- istiqbolli texnologiyalarni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, marketing ishlarini yo‘lga qo‘yish, intellektual mulkni himoya qilish va ularni baholash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- respublikamizning va viloyatimizning etakchi korxonalari va xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari tomonidan talab qilinishi mumkin bo‘lgan yakunlangan texnologiyalarning ma’lumotlar bazasi (bank)ni yaratish;
- universitet talabalari, magistrantlari, tayanch doktorantlar (PhD), doktorantlar (DSc), mustaqil izlanuvchilariga xo‘jalik shartnomalari va ilmiy-amaliy loyihalarni bajarish, intellektual mulkni himoya qilish va boshqarish bo‘yicha maslahat berish, boshqa tashkilotlar o‘rtasida ilmiy-texnikaviy sohalar bo‘yicha tashabbuslarni rag‘batlantirish va jalb qilishda yordam berish;
- etakchi sanoat karxonalarida talab etiladigan texnologiya va ishlab chiqarish buyurtmalarining paketi (banki)ni tashkil etish;
- sohalar bo‘yicha intellektual mulk va texnologiyalarning transferini yaratish, kerakli hujjatlar va chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
- innovatsion texnologiyalar va texnologiyalar transferi rivojlanishi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;
- innovatsion texnologiyalar va texnologiyalar transferi bo‘yicha axborotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda amalda foydalanish;
- universitet talabalari, magistrantlari, tayanch doktorantlar (PhD), doktorantlar (DSc), mustaqil izlanuvchilariga intellektual mulkni himoya qilish, boshqarish, texnologiyalarni tijoratlashtirish va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha maslahat berish;
- bo‘limning ilmiy-texnik va texnologiyalar transferi sohasidagi salohiyati haqida hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari va idoralarini, shuningdek, boshqa tashabbuskor ishtirokchilarni xabardor etish va targ‘ib qilish;
- UrDUning ilmiy tadqiqot institutlari va sanoat korxonalari bilan fanlararo aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
- Texnologiyalar transferi sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun belgilangan tartibda qo‘shimcha resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish;
- sohaga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tanlovlarni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash;
- texnologiyalar transferi va texnologiyani tijoratlashtirish ishlari, tadbirkorlik va ilmiy-texnik almashinuv bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish;
- bo‘limning texnologiyalar transferi va texnologiyani tijoratlashtirish ilmiy-innovatsion, ishlab chiqarish sohalaridagi xalqaro hamkorligini rivojlantirish.
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi nizomi
2022 yil uchun Tijoratlashtirishga tayyor ilmiy-innovatsion loyihalar ro‘yhati
Urganch davlat universiteti patentlar ro‘yhati
Copyright © 2024 All Rights Reserved by UrDU