“Tarix va filologiya sohalarida o‘zbek-mo‘g‘ul ilmiy aloqalari” mavzusidagi xalqaro simpozium

Bugun, 5-iyun kuni Urganch davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo’limi hamkorligida  “Tarix va filologiya sohalarida o‘zbek-mo‘g‘ul ilmiy aloqalari” mavzusidagi xalqaro simpozium Respublikamiz oliy ta'lim muassasalari hamda Mo‘g‘uliston davlat universiteti professor-o’qituvchilari ishtirokida o’tkazilmoqda. 

Anjumanning ochilish marosimida Urganch davlat universiteti rektori prof. Baxrom Abdullayev kirish so’z bilan ochib berib, konferensiya faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, simpoziumda O’zbekiston Milliy universiteti “Arxeologiya” kafedrasi professori, akademik Anatoliy Sagdullayev, Mo’g’ulistonning Istanbuldagi Bosh konsuli Dr. Anxbayar Danuu, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo’limi boshlig’i Dr. Bekzod Abdirimov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Anvar Buranov hamda universitetimiz va Mo‘g‘uliston davlat universiteti tarixchi va filolog olimlari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda. 

Konferensiyada O'rta Osiyoning Mo'g'uliston bilan tarixiy-madaniy aloqalari, Sorkoktani xotun va uning faoliyati hamda Chingizxon Yasog’i va Amir Temur Tuzugi: o’xshashliklar va farqlar singari mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglanmoqda. 

Aytish joizki, bu kabi xalqaro konferensiyalar nafaqat Respublikamiz balki xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan professor-o’qituvchi va taqdiqotchilarni bir joyga jam qilish va o’zaro ilmiy izlanishlar olib borish bilan ahamiyatlidir.
 

teglar:

O'xshash yangiliklar

O'xshash yangiliklar yo'q.