Yozgi turizm maktabi ishtirokchilari ko‘hna Xiva shahriga sayohat qilishdi

Urganch davlat universitetida tashkil etilgan yozgi turizm maktabi ishtirokchilari rejaga muvofiq qadimiy va navquron Xiva shahri bo'ylab sayohat uyushtirishdi.

Unda Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti talabalari universitetimiz mas′ullari va gid hamrohligida Xiva shahri "Ichan qal'a" majmuasidagi ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, yodgorlik-majmualari, muzeylar, yangi barpo etilgan obektlar boʻylab  sayohat qildilar va tariximiz haqida qiziqarli ma′lumotlarga ega bo′ldilar.

Sayohat davomida koʻhna Xorazmning oʻziga xos asori atiqalari, milliy madaniyatimiz va urf-odatlarimizni aks ettiruvchi buyumlar barcha mehmon talabalarning eʼtiborini jalb qildi. Sayohatchilar ziyoratgohlarini ziyorat qilish bilan birga, Ko'hna Xiva shahrining qadimiy obidalari tarixi bilan  yaqindan tanishishdi.

teglar:

O'xshash yangiliklar

O'xshash yangiliklar yo'q.