Urganch davlat universitetida yozgi turizm maktabi o’z ish faoliyatini boshladi

Urganch davlat universiteti tomonidan 2024-yilning 3-10-iyun kunlari hamkor oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yozgi turizm maktabi tashkil etilmoqda. Ushbu maktabda Respublikamiz hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining hamkor Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetidan 30 nafarga yaqin talabalar o‘qituvchilari bilan birgalikda ishtirok etmoqda. Aytish joizki, Urganch davlat universitetida bu kabi yozgi maktablar anʼanaviy tarzda xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda oʻtkazilib kelinadi. Bu safargi yozgi maktab turizm sohasiga yoʻnalgan boʻlib, unda xorijlik va oʻzbekistonlik mehmon talabalar nafaqat ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida qatnashishmoqda, balki Xorazm viloyatidagi turistik hududlar sanalgan Bog’ot tumanidagi “Qalajiq qal’a” maskani hamda Xiva “Ichan qalʼa” majmualariga sayohat qilish imkoniga ega boʻlmoqdalar. Shuningdek, talabalar UrDU tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat davomida Vatanimiz tarixi, jadidlar va ularning g'oyaviy kurashlari, muzey ekspozitsiyasi haqida qiziqarli ma'lumotlarga boʻldilar. Loyiha doirasida Xorazm innovatsion texnoparki hamda Kimyoviy texnologiyalar fakultetiga ekskursiyalar ham tashkil etildi.

O'xshash yangiliklar

O'xshash yangiliklar yo'q.